O’qitish va maslahat berish

O’qitish va maslahat berish

Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va tarqatish bo’yicha Knauf kompaniyasi MDX davlatlarida faol o’rgatuvchi va malakali-ma’rifatli faoliyat olib boradi. Knauf firmasining materiallarindan to’g`ri foydalanish uchun quruvchi ishchilardan bilim va ko’nikma talab etiladi. Agar siz. Rossiya yoki unga o’xshash MDX mamlakatlarida “Quruq qurilish ustasi” mutaxassisligini olsangiz, bilimni davlatning boshlang`ich kasb-ta’limida o’rganishingiz mumkin. Hozir bunday mutaxassislikni Rossiya, Ukraina, Qozog`iston, Qirg`iziston va O’zbekistonda olish mumkin. O’qish muddati bir yildan uch yilgacha. Shu bilan birga siz 1995 yili ilk bor tuzilgan Knauf markazlarida qisqa muddatli kurslarda o’qishingiz mumkin. Hozirgi vaqtda Knauf guruhining bir bo’lmachasi hisoblangan Knauf o’quv markazi Rossiya, Ukraina, Moldaviya, Qozog`iston, va O’zbekistonning turli shaharlarida joylashgan. Knauf markazida darslarni malakali fan doktori va fan nomzodi darajasidagi mutaxassislar olib boradilar. Yaxshi jihozlangan ustaxonlarda sizni eng yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashni o’rgatadilar. O’qish muddati 2 kundan 5 kungacha. (tanlangan dasturga qarab) o’qish malakali quruvchilar uchun ham, boshlovchilar uchun ham foydalidir. O’qish yakunida Knauf firmasining sertifikati beriladi. Oliy va o’rta ta’lim o’quv bazasi asosida Knauf resurs markazi tashkil etilgan bo’lib, unda nafaqat qisqa muddatda o’qib, sertifikat olish, balki davlat namunasidagi malaka oshirganlik guvohnomasini ham olish mumkin. Knauf kompaniyasining barcha resurs markazlari, shuningdek, bizning materiallar asosida ta’lim beriladigan o’quv markazlar yaxshi jihozlangan, mutaxassislari esa yuqori malakaga ega.

Knauf komplekt sistemasining muxandislik bilimini Rossiya, Ukraina, Qozog`iston, Ozarbajon, O’zbekiston, Tojikistonning qurilish-arxitertura oliy o’quv yurtlarida olish mumkin. Ular qatorida Knaufning Maslaxat markazlari tuzilgan. O’quv-maslaxat faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi, zamonaviy jihozlar bilan jihozlagan laboratoriyalar, o’quv ishlab chiqaruv, sinov poligonlari yaratilgan. Oliy o’quv yurtlarning talabalari bu ishga faol kirishdilar va Knauf korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini o’tish imkoniyatiga ega bo’ldilar.